Pangat mahallasida 3 kilometr yoʻl yangilandi

10:41 17 Dekabr 2025 Jamiyat
638 0

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholining farovonligini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda hududlarning turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan “Zarbdor tajribasi” asosidagi loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.

Ana shu yondashuv doirasida Qoʻshrabot tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan Pangat mahallasida aholi hamda tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladigan muhim infratuzilma loyihasi hayotga tatbiq etildi.

Jumladan, mazkur mahalla hududida joylashgan Qismoq qishlogʻiga olib boruvchi yoʻlning 3 kilometr qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi.

Yoʻl infratuzilmasining yangilanishi mahalliy aholining kundalik harakatlanishini yengillashtirish bilan birga, hududning turistik jozibadorligini oshirish va iqtisodiy rivojlanishi uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratishi bilan ham ahamiyatlidir.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер