Pandemiya sababli Nobel mukofoti taqdimoti yangi formatda oʻtkaziladi

21:38 22 Iyul 2020 Dunyo
1349 0

Illyustrativ surat

Koronavirus pandemiyasi tufayli Nobel mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimini yangi formatda oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilindi. Bu haqda Nobel jamgʻarmasi direktori Lars Xaykensten maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, 1956-yildan beri birinchi marta har yili taxminan 1300 kishi, shu jumladan, Shvetsiya qirollik oilasi aʼzolari ishtirokida oʻtkaziladigan hashamatli tadbir bekor qilinadi.

“Nobel haftaligi koronavirus pandemiyasi tufayli odatdagidek oʻtmaydi. Hamma ham nimanidir qurbon qilishi va mutlaqo yangi sharoitlarga moslashishi kerak”, degan Lars Xaykensten ushbu qarorga izoh berar ekan.

Ammo bu borada tafsilotlar hali eʼlon qilinmagan. Qayd etilishicha, 10-dekabr kuni Stokgolm va Osloda boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimlarida ham oʻzgarishlar boʻladi. Gʻoliblar 5 dan 12-dekabrgacha eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер