Pandemiya sabab Xitoyda bir qator hayvonlarni isteʼmol qilish rasman taqiqlandi

01:13 04 Noyabr 2021 Dunyo
1236 0

Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida it, mushuk, koʻrshapalak kabi bir qator jonzotlarni isteʼmol qilishga rasman taʼqiq qoʻyildi. Bu haqda SSV xabar berdi.

COVID-19 dastlab hayvonlarda mutatsiyaga uchrab, odamlarga yuqqani mutaxassislarni zarur choralar koʻrishga majbur etdi.

It, mushuk, yenot va boshqalar uy hayvonlari roʻyxatiga kiritilganligi sababli mazkur jonzotlarni isteʼmol qilish bilan birga ularni moʻynasi uchun soʻyish ham taqiqlandi.

Cheklov butun mamlakat boʻylab amal qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер