Paxtaobodda valyutafurushlar ushlandi

15:33 28 May 2021 Jamiyat
560 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Paxtaobod tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, noqonuniy ravishda valyuta qimmatliklarini oʻtkazish bilan shugʻullanib kelgan fuqaro M.K. va boshqalar navbatdagi xaridorga 5 000 AQSH dollarini 53 mln soʻmga sotishga kelishib, undan 53 mln soʻmni sanab olishib, evaziga 3 250 AQSH dollarini berib qolgan 1 750 AQSH dollarini olib kelish uchun ketayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер