Paxtachida noqonuniy oltin qazuvchilar qoʻlga olindi
Foto: “Xalq so‘zi”
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli “GMZ-1” kon boshqarmasi “Qoraqoʻton” kon boshqarmasiga qarashli boʻlgan yer osti va yer usti shaxtalaridan noqonuniy ravishda tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlarini talon-taroj qilinishing oldini olish maqsadida Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tezkor-profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Samarqand viloyat IIB xabariga koʻra, tadbirlar davomida tarkibida oltin moddasi va boshqa qimmatbaho metallar boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlarini maydalashga moʻljallangan tosh tegirmon moslamalarini uyiga oʻrnatib yashirin ravishda faoliyat yuritib kelayotgan bir qator fuqarolar aniqlangan.
Jumladan, Paxtachi tumani Jona mahallasida yashovchi Q.J.ning dala hovlisi koʻzdan kechirilganda, uyida tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda toshlarni maydalashga moslashtirilgan 1 dona dvigatelli tosh tegirmoni, 24 dona qoplarga solingan, har birining ogʻirligi 10-15 kilogrammdan boʻlgan tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda qumlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.
Shuningdek, tumanning Hayit Elbegi mahallasida yashovchi fuqaro A.U. ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda molxonasi ichiga oʻrnatilgan ruda toshlarni maydalashga moʻljallangan dvigatelli tosh tegirmon, “drabilka”, 8 dona ruda qumlarni yuvishga moslashtirilgan tunuka tarnov, 18 ta oq polietilenqoplarga solingan, har birining taxminiy ogʻirligi 30-35 kilogrammdan boʻlgan tarkibida oltin moddasi boʻlishi mumkin boʻlgan ruda qumlari, 7 dona oq polietilen qoplarga solingan, har birining taxminiy ogʻirligi 30-35 kg.dan ruda toshlari, “Niva” avtomobili ichidan ogʻirligi 650 kg.li ruda toshlari borligi aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring