Paxtachida gʻalla oʻrim-yigʻimi boshlandi

18:55 04 Iyun 2020 Iqtisodiyot
2357 0

Samarqand viloyati Paxtachida hamal boshqa tumanlarga nisbatan ertaroq keladi. Tabiiyki, qishloq xoʻjaligi ekinlari ham barvaqt yetiladi. Buni dildan his etgan tuman gʻallakorlari joriy yilda har qachongidan moʻl hosil yetishtirish maqsadida agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli ado etganligi bois, moʻl hosil yetishtirildi.

Tumanda 2020-yili 202 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan, 6 ming 254 gektar gʻalla maydonlaridan rejada belgilangan 16 ming 936 tonna oʻrniga, 21 ming tonnadan ortiq sifatli don ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay, qisqa muddatda oʻrib-yigʻib olish maqsadida 23 ta gʻalla oʻrish kombaynlari mavsumga hozirlandi. Gʻalla oʻrish mavsumi Navroʻz, Poʻlatchi, A.Allayorov, Sh.Qahhorov hamda Ziyovuddin Sanaqul muqobil mashina traktor parki hududidagi fermer xoʻjaliklari dalalarida yetishtirilgan arpa hosilini yigʻishtirib olish bilan boshlandi. Bobodehqonning peshona teri evaziga yetishtirilgan hosil choʻgʻi yomon emas. Mavsumning dastlabki kunida har gektar yerdan oʻrtacha 50 sentnerdan hosil koʻtarildi.

— Mavsumni qisqa muddatda va sifatli oʻtkazish yuzasidan tuman hokimligi qoshida ishchi guruhi tashkil etilgan boʻlib, oʻrim-yigʻimda ishtirok etayotganlar uchun dalaning oʻzida issiq ovqat, hamma sharoitga ega turar joy maskanlari, koʻchma texnik xizmat koʻrsatish mobil guruhlari tashkil etilgan, - deydi «Oʻzagroinspeksiya»ning Paxtachi tuman boʻlimi boshligʻi Oybek Aminov.— Gʻalla oʻrish kombaynlarining bir maromda, uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun, yoqilgʻi moylash materiallari va boshqa zaruriy asbob-uskunalar shay qilingan. 2020-yil hosilini uyushqoqlik bilan oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida, «Oʻzagroinspeksiya»ning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan monitoring - oʻrganish tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Kezi kelganda shuni taʼkidlash lozimki, joriy yilda Samarqand viloyati dehqonlari 101 ming 230 yer maydonidagi gʻallaning har gektaridan jami 722 ming 780 tonna hosil yigʻishtirib olishni rejalashtirishmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev,

(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер