Paxta yogʻining narxi 12,4 foizga pasaydi — Birja

09:35 18 May 2021 Iqtisodiyot
2623 0

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi”ning paxta yogʻi bozorida narxlarning pasayish holatlari kuzatildi. Xususan, 10-12-may kunlari birja savdolari orqali 1 462,0 tonna paxta yogʻi sotilgan.

Oʻtgan uch kun mobaynida barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 16 825,0 ming soʻmdan 14 739,3 ming soʻmgacha, yaʼni 12,4% ga pasaydi.

Paxta yogʻining birjadagi narxlarini pasayishiga mos tarzda texnik paxta chigiti va paxta yogʻining boshlangʻich narxlarini sotuvchi-korxonalar tomonidan pasaytirilganligi oʻz ijobiy taʼsirini oʻtkazdi.

Xususan, koʻrib chiqilayotgan davrda paxta yogʻining boshlangʻich narxi mahsulotning bir tonnasi uchun oʻrtacha 15 375,6 ming soʻmdan 14 158,6 ming soʻmgacha, yaʼni 8% ga pasaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер