Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy etish munosib mehnat sharoitlarini yaratish imkonini beradi

18:48 04 Aprel 2023 Siyosat
663 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Narbayevaning “Better Cotton Initiattive” (BCI) xalqaro tashkilotining standartlar va sifat kafolati boʻyicha direktori Chelsi Reynxard bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlash joiz, keyingi 6 oy davomida BCI rahbariyati va vakillari mamlakatimizga bir necha bor tashrif buyurishdi. Xususan, ushbu tashkilotining bosh direktori Alan Makkley hamda menejeri Reychel Bekket bilan juda samarali uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, poytaxtimizda “Better Cotton Initiattive” – ekologiya uchun yaxshiroq, jamiyat uchun yaxshiroq, iqtisodiyot uchun yaxshiroq, kelajak uchun yaxshiroq» mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Natijada respublika paxta-toʻqimachilik klasterlarini yanada rivojlantirish, fermer xoʻjaliklari miqyosida “Better Cotton” tizimi standartlarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va koʻmaklashishga qaratilgan qaror qabul qilindi.

Oliy Majlis Senatida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekistonda paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatiga xalqaro standartlarni kengroq joriy etish, shuningdek, paxta yetishtirish amaliyotini takomillashtirishda BCI loyihasi bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

– Biz yangi oʻsish nuqtalarini belgilash bilan sanoatni rivojlantirishga oʻtdik. Xususan, korxonalar faoliyatiga jahon brendlari talablariga mos keladigan xalqaro standartlarni joriy etish ustuvor vazifa boʻldi. Respublika toʻqimachilik sanoatiga xalqaro standartlarni joriy etish va sifatli amalga oshirish uchun Milliy komissiya doirasida BCI standartlarini joriy etish chora-tadbirlarini oʻz ichiga olgan alohida “Yoʻl xaritasi”ni qabul qildik. Quvonarlisi, bugungi kunda ishlab chiqaruvchilarning oʻzlari ularni amalga oshirishdan manfaatdor, chunki aynan paxta sanoatida munosib mehnat munosabatlarini joriy etish borasida erishilgan yutuqlar jahon brendlarining Oʻzbekiston bilan hamkorlikka qiziqishida asosiy omil boʻlib xizmat qilmoqda, deya taʼkidlab oʻtdi Senat Raisi.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish joizki, bugungi kunda 12 ta klaster faoliyatida BCI pilot loyihasi amalga oshirilmoqda va tashkilotining qarori bilan ikkita, yaʼni “Indorama” va “Navbahor” klasterlari BCI litsenziyasini qoʻlga kiritgan.

Oʻz navbatida, Chelsi Reynxard soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda olib borilayotgan progressiv islohotlarning ijobiy natijalarini shaxsan kuzatayotganligini va bugungi kunda jahon maydonida Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik sohasiga xalqaro standartlarni toʻliq joriy etayotgan ilgʻor davlat sifatida boshqa davlatlar uchun namuna boʻlayotganligini alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, Chelsi Reynxard Oʻzbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida bolalar mehnatini taqiqlash toʻgʻrisidagi qoidaning mustahkamlanayotganini yuqori baholab, davlatning bu masalada qatʼiy siyosiy irodasi va ortga qaytmas pozitsiyasini olqishladi.

Muloqotda “Better Cotton Initiattive” rahbariyati xalqaro tashkilotning Toshkentda ofisini ochish taraddudida ekanligini va tashkilot bilan hamkorlik borasida bu mintaqaning barcha davlatlari uchun markaziy shtab boʻlib xizmat qilishini taʼkidladi.

Suhbat davomida xalqaro standartlarning joriy etilishi va klasterlarga BCI sertifikatlari taqdim etilishi Barqaror rivojlanish milliy maqsadlariga erishishga xizmat qilishi, munosib mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, mehnat munosabatlari jarayonlarining ochiq va shaffofligini taʼminlashi hamda aholining ijtimoiy himoyasiga qaratilgan manzilli choralarni kengaytirishga muhim hissa qoʻshishi ham taʼkidlab oʻ

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер