Paxta terimida dastlabki majburiy mehnat holati aniqlandi. Hokim jazolandi

13:31 27 Sentyabr 2019 Jamiyat
1988 0

Arxiv foto

Bogʻot tumani hokimi O.Xolboyev paxta terimiga jalb qilgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Qayd qilinishicha, Xorazm viloyati Bogʻot tumani hokimi O.Xolboyev, Bogʻot tumani moliya boʻlimi boshligʻi J.Roʻzmetov hamda Bogʻot tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Avezovga nisbatan mehnat qonunchiligi meʼyorlarini buzganligi uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga asosan 2 230 000 soʻmdan 6 690 000 soʻmgacha, jami 15 610 000 soʻm miqdorda jarima tayinlandi.

“Agar sizni paxta terimi yoki boshqa biror ishga majburlashsa yoki shunday holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, dmi.mehnat.uz sayti yoki mehnathuquqbot Telegram botiga murojaat qiling!“, deyiladi vazirlik axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер