Paxta dalalarida ijodiy uchrashuvlar

Paxta yigʻim – terimi davom etayotgan shu kunlarda dalada ishlovchilarni har tomonlama qoʻllab – quvvatlash, ragʻbatlantirish muhim ahamiyatga ega. Shuni nazarda tutgan “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati jamoasi xayrli ishga qoʻl urdi.
Tahririyat vakillari joylarda mehnat jamoalari, fermeru dehqonlar, terimchilar bilan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazishyapti.
— “Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyatining bu tashabbusi barchamizni ruhlantirdi, — deydi Gʻijduvon tumanidagi “Shukur Toʻxta” fermer xoʻjaligi boshligʻi Sh. Toʻxtayev. — Tahririyat ijodiy xodimlari jamoamiz aʼzolari bilan uchrashuvda hammani mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan hosilni nest – nobud qilmay yigʻib – terib olishga daʼvat etdilar, ilgʻor terimchilarga sovgʻalar ulashdilar.Bu kuchimizga kuch, gʻayratiga gʻayrat qoʻshdi. Shu kunga qadar har gektar yerdan 36 sentnerdan paxta yigʻishtirib oldik. Davlatga yana oʻn tonna “oq oltin” sotib, hosildorlikni oʻrtacha 40 sentnerga yetkazish niyatidamiz.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi” muxbiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring