Payshanba – “Yoshlar kuni”: yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi
Payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularni tashvishlantirayotgan masalalarni oʻrganish va takliflarini tinglashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu munosabat bilan Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hamda Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda poytaxtimizning Sergeli tumanida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirda senator A. Eshmuratov, Bojxona qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari Gʻ. Nasirov va Sergeli tumani hokimi D. Ismatov ishtirok etib, yoshlar bilan bevosita muloqot qildi.
Suhbat davomida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik va sport bilan shugʻullanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Tadbirda “PDP University” nodavlat oliy taʼlim muassasasi talabalari ham ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Xususan, Yoshlar parlamenti faoliyatida ishtirok etish, bojxona organlarida amaliyot oʻtashni tizimli yoʻlga qoʻyish, shuningdek, talabalarning gʻoya va startaplarini qoʻllab-quvvatlash masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Umumiy mukofot jamgʻarmasi 700 ming yevro boʻlgan shaxmat turniri yakunlandi
- Oʻzbekistonda steyblkoinlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish mumkin boʻladi
- Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
- Prezident uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Eron mamlakat rahbariyatining oʻldirilishi uchun AQSH va Isroilni javobgarlikka tortmoqchi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring