Payariqda zamonaviy issiqxonalar soni yana bittaga koʻpayadi
Payariq tumani «Oʻrtasaydov» mahallasi hududida «Sputnik Ideal Star» MCHJ tomonidan Vengriya davlati investorlari bilan hamkorlikda Koreya texnologiyalari asosida qiymati 10 million AQSH dollariga teng yangi issiqxona bunyod etilmoqda.

Shu munosabat bilan tuman hokimligining MCHJ vakillari va chet ellik investorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda yangi issiqxonaning loyihasi boʻyicha batafsil maʼlumot berilib, kelajakdagi amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar kelishib olindi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring