“Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalari 22,91 mln. dollarlik mahsulot eksport qilindi
Bu haqda AOKAda “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʻishlangan matbuot anjumani da maʼlum qilindi.
Respublikamizga kirib kelayotgan kimyoviy mahsulotlar importini qisqartirish hisobiga 2020-yil yakuni boʻyicha 23 turdagi 1 342,8 mlrd soʻmlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi (rejaga nisbatan 139,1 foiz), shundan 22,91 mln. dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 17 turdagi mahalliylashtirilgan mahsulot toʻliq mahalliy xom-ashyolar asosida ishlab chiqarildi.
Sanoat kooperatsiyasi doirasida 2020-yilda jami 7 turdagi 592,5 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Jumladan:
— togʻ-kon sanoati uchun – 2,01 ming tonna tiomochevina, 37,1 ming tonna natriy sian tuzi, 5,2 ming tonna modifikatsiyalangan gʻovakli selitra;
— shisha sanoati uchun – 4,7 ming tonna natriy nitrati;
— lak-buyoq sanoati uchun – 800,0 tonna etilatsetat;
— xalq xoʻjaligi va sanoat suvlarini tozalash sohasi uchun 54,6 tonna uchlamchi natriy fosfati;
— avtomobil sanoati uchun – 417,4 ming dona avtomobil shinalari ishlab chiqarildi va isteʼmolchilarga yetkazildi.
2021-yilda “Oʻzkimyosanoat” AJ korxonalarida 26 turdagi 1 467,1 mlrd soʻmlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring