Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida yangi loyiha amalga oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasida «Agro-oziq-ovqat sektorida yashil iqtisodiyotga inklyuziv oʻtishni qoʻllab-quvvatlash va qishloq xoʻjaligida bilimlar va innovatsiyalarning iqlimga moslashgan tizimini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish boʻyicha hujjat imzolandi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlum qildi.
Vazirlik maʼlumotiga koʻra, loyiha byudjeti 4 150 000 yevroni tashkil etadi, amalga oshirish muddati esa 2025-yil 30-sentabrgacha etib belgilangan.
Loyihani imzolash marosimi Qishloq xoʻjaligi vazirligida qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xoʻjayev, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Yangi loyiha oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sektorida "yashil iqtisodiyot"ga inklyuziv oʻtish va qishloq xoʻjaligida bilimlar va innovatsiyalarning “iqlimga optimal moslashgan” tizimi (UAKIS)ni joriy etishga hissa qoʻshishga qaratilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring