“Oʻzgidromet” tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
Respublika boʻyicha ob-havoning keskin oʻzgarishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Oʻzgidromet” agentligi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 23-25-mart kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Ushbu kunlarda respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Respublikaning togʻli hududlarida yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanish ehtimoli bor.
23-24-mart kunlari shamol tezligi baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Taʼkidlanishicha, kunduzgi havo harorati asta-sekin 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring