“Oʻzgidromet” tezkor axborot eʼlon qildi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Joriy yilning 24—27-fevral kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda “Oʻzgidromet” xabar berdi.
Unga koʻra, 24—27-fevral kunlari respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik, baʼzi joylarda kuchli (yomgʻir yogʻadi, 25—27-fevralda qorga aylanadi) boʻladi. Respublika boʻyicha ob-havoning keskin oʻzgarishi kutilmoqda, shimolda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi.
Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, baʼzida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
26—27-fevral kunlariga kelib, havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring