“Oʻzgidromet” keyingi hafta uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 11-18-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 15-aprelda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-aprelda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-14-aprelda 10-15°, 15-18-aprelda 8-13°, kunduzi 11-14-aprelda 23-28°, 15-17-aprelda 18-23°, 18-aprelda 20-25° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17-aprelda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-13 va 16-18-aprelda 10-15°, 14-15-aprelda 12-17°, kunduzi 11-12-aprelda 23-28°, 13-14-aprelda 25-30°, 15-18-aprelda 20-25° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 11-12 va 16-17-aprelda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 13-15 va 18-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 va 17-18-aprelda 8-13°, 13-16-aprelda 10-15°, kunduzi 11-12-aprelda 20-25°, 13-15-aprelda 23-28°, 16-18-aprelda 18-23° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 11-15-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 11-12-aprelda Qashqadaryo viloyatida ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 16-17-aprelda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 18-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° dan 12-17° gacha oʻzgarib turadi, kunduzi 11-12-aprelda 23-28°, 13-14-aprelda 25-30°, 15-aprelda 23-28°, 16-18-aprelda 20-25° boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 11-12 va 16-17-aprelda ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 13-15 va 18-aprelda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-12 va 18-aprelda 8-13°, 13-17-aprelda 10-15°, kunduzi 11-12 va 16-aprelda 20-25°, 13-15-aprelda 23-28°, 17-18-aprelda 18-23° boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-14-aprelda 2-7° iliq, 15-aprelda 5-10° iliq, 16-18-aprelda 0-5° iliq, kunduzi 11-15-aprelda 12-17° boʻladi, 16-18-aprelda 3-8° iliqqacha pasayadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring