“Oʻzgidromet” hafta oʻrtasida harorat keskin koʻtarilishidan ogohlantirdi

12:54 13 May 2025 Jamiyat
225 0

Illyustrativ foto

“Oʻzgidromet” 14−16-may kunlari Oʻzbekistonda kutilayotgan issiq harorat haqida favqulodda maʼlumotni eʼlon qildi.

14-mayda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15−16-mayda Oʻzbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari +39, +41 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda esa +42, +43 darajagacha koʻtariladi.

14−15-may kunlari shimoliy va choʻl zonalarida, 16−17-may kunlari respublika boʻylab baʼzi joylarda shamol 15−18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonli qor yogʻishi kutilmoqda. 17-may kuni ayrim tumanlarda shamolning tezligi 20−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер