O‘zbekistonning yangi elchisi AQSH prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

11:45 02 May 2023 Siyosat
761 0

Foto: Twitter Furqat Sidiqov

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchisi etib tayinlangan Furqat Sidiqov Oq uyda AQSH prezidenti Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirdi.

«Prezident Jo Bayden bilan uchrashish katta sharaf va imtiyoz. Men xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, strategik sherikligimizni yanada mustahkamlashga intilaman», — deb yozdi Furqat Sidiqov o‘zining Twitter'dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Furqat Sidiqov mart oyi boshida diplomatik missiyasini yakunlagan Javlon Vahobov o‘rniga O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi lavozimiga tasdiqlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер