Oʻzbekistonning yana ikki shahri “millioner” shaharga aylanadi

13:44 05 Yanvar 2022 Jamiyat
1580 0

Samarqand va Namangan “millioner” shaharlarga aylantiriladi, bu haqda 2022-2026-yillarda rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihasida koʻrsatilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu maqsadlar uchun maxsus ishchi guruhlar tuziladi. Shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan mazkur shaharlarning chegaralarini oʻzgartirish masalasi koʻrib chiqiladi. Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi chegaralarni oʻzgartirish boʻyicha tegishli qarorlar ishlab chiqadi.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida urbanizatsiya darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер