Oʻzbekistonning tuman va shahar hokimlari: ular kimlar?

10:51 01 Avgust 2023 Jamiyat
703 0

Иллюстратив фото

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda mahalliy boshqaruvni nomarkazlashtirish boʻyicha bir qator choralar koʻrildi. Aytish mumkinki, mahalliy hokimliklarning mustaqil qaror qabul qilish darajasi oshdi.  Masalan, 33 ta vakolat va funksiyalar Markaziy boshqaruv organlaridan mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻtkazildi.

Davlat miqyosidagi qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimliklarning ishtirokini taʼminlash qonuniy asoslar bilan mustahkamlandi. Tuman va shahar hokimliklari faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholash tizimi joriy etildi. Mahalliy byudjetlarning ixtiyorida qolayotgan mablagʻlar miqdori soʻnggi yetti yilda 27 baravarga oshib, 10,1 trln soʻmga yetdi.       

Tuman va shaharlarning qiyofasini oʻzgartirish, iqtisodiy rivojlantirish, kambagʻallikni qisqartirish, mahalliy infratuzilmalarni yaxshilash kabi masalalar koʻp jihatdan mahalliy boshqaruvga, ayniqsa, hokimlarning bilim va mahorati, ularning dunyoqarashiga bogʻliq boʻlmoqda.

Shu sababli, “Yuksalish” umummilliy harakati Oʻzbekistonda mavjud tuman va shaharlar boshqaruvidagi kadrlar salohiyatiga doir tadqiqotni boshladi. Ushbu tadqiqot bugungi hokimlarning zamonaviy menejment va zamon talablariga qanchalik javob bera olishi haqida keng jamoatchilikka maʼlumot berib borishni nazarda tutadi.  

Eʼtiboringizga Oʻzbekiston hokimlari haqida umumiy tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi dastlabki maʼlumotlarni havola etamiz.

Tayinlovga qadar asosiy faoliyat sohasi:

— Mahalliy boshqaruv organlarida – 96 

— Respublika boshqaruv organlarida – 35 

— Bank sohasida – 19 

— Prokuratura organlarida – 18 

— Ichki ishlar organlarida – 8 

— Davlat korxonalari boshqaruvida – 7 

— Tadbirkorlikda – 4 

— Deputatlikda – 4 

— Soliq sohasida – 4 

— Favqulodda vaziyatlar tizimlarida – 2 

*11 ta tuman va shahar hokimi lavozimi boʻsh

Mutaxassisligiga koʻra:

— Iqtisodchi – 25%

— Huquqshunos – 13%

— Muhandis – 10%

— Qishloq xoʻjaligi – 8%

— Moliyachi – 7%

— Qurilish – 5%

— Pedagog – 5%

Hokimlarning oʻrtacha yoshi – 46

— Eng yosh hokimlar Toshkent viloyatida – oʻrtacha 40 yosh

— Eng yosh hokim Narpay tumanida – 32 yosh

— Eng yoshi katta hokimlar Jizzax viloyatida – oʻrtacha 51 yosh

— Eng yoshi katta hokim Kogon tumanida – 71 yosh

*Ayol hokimlar jami hokimlarning 2%ini tashkil qilmoqda –Kattaqoʻrgʻon shahri, Boyovut, Boʻston va Olot tumanlari

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер