Oʻzbekistonning tashqi qarzi 25 mlrd. dollardan oshdi
2020-yil birinchi uch oyida Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi 25,1 milliard dollarni tashkil etdi. Yil boshiga nisbatan u 2,8 foizga yoki 692 million dollarga oʻsdi.
“Bu jarayon, Covid-19 virusi tarqalishi tufayli yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirini yumshatish va sanoat va mintaqalarni rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun yangi tashqi qarzlarni jalb qilish bilan izohlanadi”, - deya tushuntirdi Markaziy bank.
Tashqi qarz davlat va xususiylardan iborat. Birinchisi $ 16,2 mlrd.ni, ikkinchisi - $ 8,9 mlrd.ni tashkil etdi, shu bilan bir qatorda, global pandemiya fonida, Oʻzbekistonning suveren obligatsiyalarining bozordagi narxi birjalarda narxlarning pasayishi natijasida pasaygan.
Qarzni toʻlashga kelsak, birinchi chorakda asosiy qarzning 132 million dollari va foizlar boʻyicha 93 million dollar toʻlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring