Oʻzbekistonning shokolad va kakao mahsulotlari eksporti oshgan
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar oyida 12 ta xorijiy davlatga qiymati 1,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 956 tonna shokolad va kakao mahsulotlarini eksport qilgan.
Shokolad va kakao mahsulotlari eksporti hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 496 tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston yanvarda eng koʻp shokolad va kakao mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:
— Qozogʻiston – 313 tonna
— Tojikiston – 186 tonna
— Rossiya – 147 tonna
— Mongoliya – 120 tonna
— Ozarbayjon – 72 tonna
— Qirgʻiz R. – 54 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring