O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi tayinlandi
Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi lavozimida ish boshladi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
A’zamxo‘jayev shu paytga qadar Istanbuldagi bosh konsullikka rahbarlik qilib kelayotgandi.
7 noyabr kuni O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha poytaxtiga yetib bordi.
Amirsaid A’zamxo‘jayev 1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.
U faoliyati davomida Tashqi ishlar vazirligining konsullik-huquqiy departamentida, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulligida ishlagan. 2020 yildan buyon bosh konsullikka rahbarlik qilib kelayotgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring