Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-mart oylarida 6 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,6 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 50 tonnaga kamaygan.
2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 898 tonna
— Qozogʻiston – 433 tonna
— Qirgʻiz R. – 246 tonna.
Xorijga eng koʻp limon eksport qilgan hududlar:
— Fargʻona viloyati – 594 tonna
— Toshkent viloyati – 334 tonna
— Xorazm viloyati – 226 tonna
— Surxondaryo viloyati – 147 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring