Oʻzbekistonning xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi siyosati yuqori baholandi
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyevning Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktori J.
Unda Oʻzbekiston va xalqaro moliya
Martabali mehmon Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, bank-moliya va soliq tizimlaridagi oʻzgarishlar hamda pul-kredit siyosatini mustahkamlashga qaratilayotgan eʼtiborni yuqori baholadi.
Bugungi kunda yurtimiz viloyatlarida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining bir necha mintaqaviy vakolatxonalari ochilgan.
Tomonlar Oʻzbekistonda xalqaro tashkilot ishtirokida amalga oshirilayotgan va istiqbolda rejalashtirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalari parametrlari hamda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, sugʻurta bozorini rivojlantirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarni muhokama qildilar.
Muloqot yakunida tomonlar hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini hamda ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.
Oliy Majlis Senati Axborot xizmati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring