Oʻzbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida zamonaviy oʻzbek rassomlari asarlari koʻrgazmasi ochildi

15:40 20 Mart 2026 Madaniyat
645 0

Frankfurt-Mayn shahridagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasiga keluvchilar endilikda yurtimiz tasviriy sanʼati durdonalari bilan tanishish imkoniga ega boʻladi.

Oʻzbekistonning Germaniyadagi oʻziga xos tashrif qogʻozi hisoblangan konsulxona binosida taniqli oʻzbek rassomlari – Sobir Raxmetov, Shuhrat Bobojon, Erkin Orol, Dilshod Eshmatov, Oʻktam Isirgapov va Sardor Ollaberganovning moyboʻyoqda ishlangan sara asarlari namoyish etilmoqda.

Ushbu koʻrgazma xalqaro “Yuzuk” tashkiloti koʻmagida tashkil etildi. Ekspozitsiyadan joy olgan asarlarda Samarqandning mahobatli obidalari, Boysun va Shohimardonning betakror tabiati hamda xalqimiz hayotining rang-barang lavhalari mahorat bilan aks ettirilgan.

Oʻzbekiston bugungi kunda mingga yaqin professional rassomlari bilan Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqasida tasviriy sanʼat sohasida yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. Ushbu koʻrgazma yurtimizni nafaqat anʼanaviy hunarmandchilik, balki yuksak intellektual va ijodiy salohiyatga ega mamlakat sifatida dunyoga taqdim etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер