Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38,4 mln nafarga yetdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 2026-yil 1-aprel holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 38 million 382 ming 685 nafarni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga oshgan.
Shundan aholining mamlakatda gender muvozanati tahlil qilinganda, erkaklar soni 19,3 million nafarni, ayollar soni esa 19,1 million nafarni tashkil etmoqda.
Hududiy taqsimotga koʻra, respublikamizda shaharlashuv jarayonlari ham jadal davom etmoqda. Bildirilishicha, hozirda mamlakat aholisining 19,6 million nafari shahar joylarda, 18,8 million nafari esa qishloq hududlarida istiqomat qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring