Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi tayinlandi
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Oliy Majlis Senatining oʻn toʻrtinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan Umid Rustamovich Shodiyevni Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash masalasi koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, ushbu masala Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklari bilan oʻzaro ishonchga asoslangan munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion va turizm sohalarida amaliy hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Senatorlar ushbu nomzod tashqi siyosat sohasida chuqur bilim va amaliy koʻnikmalarga hamda mamlakatimiz milliy manfaatlarini xalqaro maydonda munosib va samarali tarzda ilgari surish salohiyatiga ega ekanini alohida taʼkidladilar.
Muhokama natijalariga koʻra, Umid Rustamovich Shodiyev Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring