Oʻzbekistonning barcha hududlarida 25-oktyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi

22:11 24 Oktyabr 2022 Jamiyat
1091 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 25-oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7°, kunduzi 18-20° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20°boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7°iliq, kunduzi 7-12° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер