O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov Avstriya poytaxtiga yetib keldi. Bu haqda «Dunyo»AA xabar bermoqda.
Baxtiyor Ibragimov Venaga tayinlanishidan oldin Nyu-York shahrida O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili (2017–2023 yillar), lavozimida ishlagan. U 57 yoshda. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini (hozir – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tamomlagan.
U 1992 yildan beri TIV tizimida ishlab kelmoqda. Vazirlik markaziy apparatida, shuningdek, O‘zbekistonning AQSH va Janubiy Koreyadagi elchixonalarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
U Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasiga ega.
Baxtiyor Ibragimov 2020-2023 yillarda Venada elchi bo‘lib ishlagan Abat Fayzullayev o‘rniga tayinlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring