Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 6-noyabr kuni ob-havo biroz bulutli boʻladi

02:33 06 Noyabr 2021 Jamiyat
1231 0

Oʻzbekistonda 6-noyabr, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1–3 daraja sovuq, kunduzi 8–10 daraja iliq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida xavo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja sovuq, Navoiy viloyatida 7–9 daraja sovuqqacha, kunduzi 6–11 daraja iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi
3 daraja iliq–2 darajaga sovuq, kunduzi 6–11 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi
3 daraja iliq–2 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер