Oʻzbekistonliklar oʻtgan 8 oyda elektromobillar importiga 46,4 mln. AQSH dollari sarflagan

12:56 17 Sentyabr 2022 Iqtisodiyot
1098 0

Foto: Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 46,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 499 dona elektromobillar import qilgan.

Joriy yilda elektromobillar importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1 003 donaga yoki 3 barobarga oshgan.

Oʻzbekiston joriy yilning yanvar- avgust oylarida eng koʻp elektromobillar import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 1,3 ming dona;

— BAA – 110 dona;

— Germaniya – 34 dona;

— Gonkong – 30 dona;

— Boshqa davlatlar – 19 dona.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер