O‘zbekistonlik yosh musiqachi Italiyada o‘tkazilgan ikkita nufuzli xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining yosh o‘qituvchisi Oybek Imomov Italiyada bo‘lib o‘tgan ikkita xalqaro tanlovda eng iqtidorli musiqachi sifatida e’tirof etildi.
Hamyurtimiz dastlab Italiyaning Pesaro shahridagi “Citta di Pesaro” — yosh musiqachilarning XV xalqaro tanlovida Gran-Pri, Barletta shahrida bo‘lib o‘tgan “Citta di Barletta” XXVIII xalqaro tanlovda esa 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.
— G‘oliblikka da’vogarlar ko‘p bo‘ldi, — deydi Oybek. — Yurtimizda yosh iqtidor sohiblariga yaratilgan sharoit va ko‘rsatilayotgan e’tibor meni shohsupa sari ruhlantirdi. Muvaffaqiyatim O‘zbekiston yoshlarining muvaffaqiyati, deb aytsam to‘g‘ri bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan ushbu nufuzli tanlovlarda dunyoning yigirmaga yaqin mamlakati yoshlari ishtirok etishdi.
Mavjuda XOLMATOVA.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring