Oʻzbekistonlik sportchilar jahon kubogida 72 ta medalni qoʻlga kiritdi

17:37 15 Aprel 2026 Sport
223 0

Kikboksing boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tailand poytaxtida boʻlib oʻtgan kikboksing boʻyicha jahon kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, Jahon kikboksing tashkilotlari assotsiatsiya (WAKO) tomonidan oʻtkazilgan musobaqada dunyoning 34 davlatidan mingdan ortiq sportchi qatnashgan.

Mazkur jahon kubogida hamyurtlarimiz munosib tarzda qatnashib, turnir davomida vakillarimiz jami 72 ta – 36 ta oltin, 22 ta kumush va 14 ta bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Musobaqa yakuniga koʻra, sportchilarimiz umumjamoa hisobida faxrli uchinchi oʻrinni egallagan. Birinchi oʻrin Tailand, ikkinchi oʻrin Vyetnam, toʻrtinchi oʻrin esa Qozogʻiston terma jamoalariga nasib etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер