Oʻzbekistonlik fuqarolarni Yaponiya korxonalariga ishga jalb etish boʻyicha hamkorlik memorandumlari imzolandi

11:34 27 Iyul 2023 Jamiyat
358 0

Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.Qoʻchqorov boshchiligidagi delegatsiyadan iborat ishchi guruh Yaponiyada boʻlib turibdi.

Ishchi guruh Yaponiyaning Nagoya shahrida “Oʻzbekistonda tadbirkorlik qilish uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar” va “Oʻzbekistonning mehnat migrantlarini Yaponiyaning iqtisodiyotiga integratsiyasidagi amaliyot va potensiali” shiori ostida biznes forum oʻtkazdi.

Yaponiyalik 42 ta ish beruvchilar va 19 ta rekruting agentliklari ishtirok etgan mazkur forumda “Oʻzbekistondagi xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi boʻyicha mavjud tizim hamda Yaponiya bilan hamkorlikni yanada kengaytirish” mavzusida taqdimot namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir davomida yapon tadbirkorlari bilan sohaga doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Forum yakunida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi va 4 ta yapon rekruting kompaniyalari oʻrtasida Oʻzbekistonlik fuqarolarni Yaponiya korxonalariga ishga jalb etish boʻyicha hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер