Oʻzbekistonga pirotexnika vositalari olib ketayotgan yuk avtomobili toʻxtatildi
“Chinor” YPX maskanida pirotexnika vositalari olib oʻtayotgan yuk avtomobili toʻxtatildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 9-noyabr kuni soat 18:30 larda haydovchi 1981-yilda tugʻilgan A.N. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomobili toʻxtatilib tekshirilgan.
Natijada, mashina yukxonasida 36 ta “Volk”, 35 ta “Samarkand”, 48 tadan “Britanik” hamda “Treniya” va 38 ta “Solovey razboynik” nomli pirotexnika vositalari olib ketilayotgani aniqlangan.
Shundan soʻng holat tegishli tartibda rasmiylashtirilib, haydovchi A.N. va aniqlangan pirotexnika vositalari Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlariga topshirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring