Oʻzbekistonga оlxoʻri eng koʻp qaysi davlatdan olib kelingan va qaysi viloyatdan koʻproq eksport boʻlgani maʼlum qilindi
Foto: Illustrativ surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 48,3 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.
Olxoʻri eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 28,5 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp olxoʻri eksport qilgan davlatlar:
Qozogʻiston – 29 ming tonna;
Rossiya – 17,2 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 2 ming tonna;
Belarus – 102,2 tonna.
2022-yilning 10 oyida xorijga eng koʻp olxoʻri eksport qilgan hududlar:
Fargʻona viloyati – 15,6 ming tonna;
Surxondaryo viloyati – 6,9 ming tonna;
Samarqand viloyati – 5 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring