Oʻzbekistonga import qilinadigan ayrim turdagi transportlar majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi

00:36 20 Avgust 2021 Iqtisodiyot
844 0

«Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, yuk tashish uchun moʻljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlarni 2025-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga import qilishda bojxona boji, utilizatsiya yigʻimi va avtotransportlarni sotib olganlik uchun avtotransport yigʻimlarining nol stavkalari qoʻllaniladi:

“Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransportlar (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);

tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).

Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transportlar 2025-yil 1-yanvargacha Oʻzbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi:

➖ “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransportlar;

➖ avtomobilda yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер