Oʻzbekistonga ikki oyda 1,7 mln dollarlik oyoq kiyim import qilindi
2026-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekistonga 28 ta xorijiy davlatdan qiymati 1,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 115,3 ming juft oyoq kiyim import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mamlakatimizga eng koʻp oyoq kiyim yetkazib bergan davlatlar roʻyxatida Xitoy yetakchilik qilmoqda. Ushbu mamlakatdan joriy yilning dastlabki ikki oyi mobaynida 94,6 ming juft oyoq kiyim olib kelingan.
Shuningdek, yanvar-fevral oylarida Vyetnamdan 5,2 ming juft, Turkiyadan 3,4 ming juft, Hindistondan 2,5 ming juft, Indoneziyadan 2 ming juft hamda boshqa davlatlardan 7,6 ming juft poyabzal import qilingan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 19,5 ming juftga yoki 14,5 foizga kamaygan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring