Oʻzbekistonga eng koʻp turistlar qaysi davlatlardan keladi?
Statistika agentligining maʼlum qilishicha, joriy yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga 4,2 mln nafar chet ellik sayyohlar kelgan.
2024-yilning oʻtgan 7 oyida oyida Oʻzbekistonga kelgan sayyohlar soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha boʻlgan:
- Qirgʻiziston – 1,2 mln nafar;
- Tojikiston – 1,2 mln nafar;
- Qozogʻiston – 845,8 ming nafar;
- Rossiya – 442,1 ming nafar;
- Turkmaniston – 83,7 ming nafar;
- Turkiya – 62 ming nafar;
- Xitoy – 35,5 ming nafar;
- Hindiston – 33,3 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 23,9 ming nafar;
- Italiya – 19,5 ming nafar;
- boshqa davlatlar – 211,2 ming nafar.
Koʻrsatkichlar oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 562,5 ming nafarga yoki 15,3 foizga oshgani aytilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring