Oʻzbekistonga eng koʻp kofe Italiyadan import qilinmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 433 tonna kofe import qilgan.
Kofe importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 152 tonnaga oshgan.
2022-yilning 10 oyida Oʻzbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
— Italiya – 107,5 tonna;
— Rossiya – 66,2 tonna;
— Braziliya – 58,9 tonna;
— Polsha – 45,6 tonna;
— Germaniya – 30 tonna;
— Hindiston – 24,8 tonna;
— Vetnam – 22,4 tonna;
— Turkiya – 16,4 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring