Oʻzbekistonga 9 oyda qariyb 2,2 mln. dona telefon import qilingan

10:10 19 Oktyabr 2022 Iqtisodiyot
628 0

Foto: Xalq so‘zi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijdan qiymati 144,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 2 178 575 dona mobil telefon import qilingan.

Oʻzbekistonga mobil telefonlar importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 255 621 taga oshgan.

Oʻzbekiston 9 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 1,6 mln. dona;

— BAA – 247,4 ming dona;

— Vetnam – 156,5 ming dona;

— Hindiston – 153,8 ming dona;

— Qozogʻiston – 25,4 ming dona;

— Koreya – 2,1 ming dona.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер