Oʻzbekistonga 9 oyda 1,7 mln. tonna sement import qilingan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga qiymati 71,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1,7 mln. tonna sement import qilingan.
Sement importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 416,4 ming tonnaga kamaygan.
2022-yilning 9 oyida oyida Oʻzbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
— Tojikiston – 736,3 ming tonna
— Qirgʻiz R. – 509,4 ming tonna
— Qozogʻiston – 464 ming tonna
— Eron – 13 ming tonna
— Turkmaniston – 11,6 ming tonna
— Xitoy – 1,4 ming tonna
— Rossiya – 1,0 ming tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring