Oʻzbekistonga 6 oy ichida qancha mobil telefon import qilingan?

11:20 30 Iyul 2025 Jamiyat
228 0

Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar iyun oylarida xorijdan qiymati 194,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan qariyb 1,9 mln dona mobil telefon import qilingan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Oʻzbekistonga 2025-yilning 6 oyida eng koʻp mobil telefon yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:

  • Xitoy – 1 420,7 ming dona
  • Vyetnam – 375,1 ming dona
  • BAA – 64,2 ming dona
  • Hindiston – 16,4 ming dona
  • Boshqa davlatlar – 1,1 ming dona

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 64,7 ming dona yoki 3,6 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер