Oʻzbekistondan Afgʻonistonga 185 tonna insonparvarlik yordami yetkazildi

01:09 20 Aprel 2023 Siyosat
442 0

Joriy yilning 19-aprel kuni Hayraton shahrida birodar Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Surxondaryo viloyati hokimligi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Anvar Oripov, Afgʻoniston Iqtisodiyot vaziri Dilmuhammad Hanif va boshqa rasmiylar ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

185 tonna insonparvarlik yordami tarkibida un, bugʻdoy, oʻsimlik yogʻi, konservalangan goʻsht mahsulotlari, makaron, shakar va tez tayyorlanadigan lapsha bor.

Afgʻonistonlik rasmiylar Muborak Ramazon oyida koʻrsatilayotgan amaliy yordam uchun Oʻzbekiston xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, ikki davlat rasmiylari ishtirokida hududlarning oʻzaro savdo-iqtisodiy va gumanitar sohadagi hamkorligini rivojlantirish yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер