Oʻzbekistondagi maktablarda dars berayotgan oʻqituvchilar soni haqida maʼlumot berildi
Soʻnggi 10-yil mobaynida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 170,9 ming nafarga oshgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, 2024-2025 oʻquv yili boshiga, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni 564,9 ming nafarni tashkil etmoqda.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2015-2016 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 170,9 ming nafarga yoki 43,4 foizga ortgan.
Yillar kesimida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim berayotgan oʻqituvchilar soni quyidagicha oshib borgan:
- 2015-2016 oʻquv yili boshiga — 385 ming nafar;
- 2016-2017 oʻquv yili boshiga — 390,6 ming nafar;
- 2017-2018 oʻquv yili boshiga — 409,4 ming nafar;
- 2018-2019 oʻquv yili boshiga — 444,2 ming nafar;
- 2019-2020 oʻquv yili boshiga — 486,6 ming nafar;
- 2020-2021 oʻquv yili boshiga — 508 ming nafar;
- 2021-2022 oʻquv yili boshiga — 510 ming nafar;
- 2022-2023 oʻquv yili boshiga — 521,6 ming nafar;
- 2023-2024 oʻquv yili boshiga — 547,8 ming nafar;
- 2024-2025 oʻquv yili boshiga — 564,9 ming nafarni tashkil etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring