O’zbekistonda zilzila sodir bo’ldi
arxiv foto
Namangan, Andijon va Farg’onada zilzila sodir bo’ldi. Bu haqda FVV xabar bermoqda.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma'lum qilishicha, bugun, 6-may kuni Toshkent vaqti bilan 15:51 (06.05.2020 da 10:51 Grinvich bo'yicha) Xitoy-Qirg'iziston chegarasida zilzila sodir bo'ldi.
Koordinatalar 39,79 gradus shimoliy kenglik, 73,93 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=5. Chuqurlik h=10 km. Toshkentgacha masofa 431 km janubiy-sharqiy yo'nalish bo'yicha.
Zilzila O'zbekiston hududida:
Namangan: 234 km, 2 ball.
Andijon: 174 km, 3 ball.
Farg'ona: 194 km, 2 ball.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring