Oʻzbekistonda jazirama sabab poyezdlar tezligi cheklanmoqda

18:52 27 Iyun 2024 Jamiyat
540 0

Oʻzbekistonda yoz jaziramasi sabab poyezdlarning harakatlanish tezligiga cheklovlar oʻrnatilmoqda. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ axborot xizmati maʼlum qildi.

Bildirilishicha, harorat koʻtarilishi natijasida yer usti temir yoʻllarining relslari hamda ularning poʻlat qismlarida harorat juda yuqori boʻladi. Shu bois, yoʻlovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatiladi.

“Natijada poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin. Harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatilgan poyezdlarda esa sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin”, – deyiladi xabarda.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklar uchun uzr soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер