Oʻzbekistonda transport infratuzilmasi orqali giyohvand moddalarni olib oʻtishga urinishlar koʻpaymoqda
Foto: Illustrativ foto
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlarning giyohvandlikka qarshi kurashish boʻyicha vakolatli organlari rahbarlarining 12-majlisida Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori Olim Narzullayev mamlakatimiz transport infratuzilmasi orqali giyohvand moddalarni olib oʻtishga urinishlar koʻpayganini maʼlum qildi.
«Afgʻonistondan Shimoliy yoʻnalish orqali giyohvand moddalar savdosining hajmi oshmoqda. Ayniqsa, mintaqa mamlakatlari bilan faol integratsiya jarayonlari fonida ularning hududlari orqali asosiy giyohvand moddalarning oqimi ortmoqda. Xususan, Oʻzbekiston transport infratuzilmasi orqali giyohvand moddalarni olib oʻtishga urinishlar koʻpaygani kuzatilyapti, — dedi Olim Narzullayev. — 2021-yilda, 2020-yilga nisbatan giyohvand moddalar savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar 18,4 foizga oshdi. Yaʼni, bunday jinoyatlar oʻtgan yili 7 ming 142 tani tashkil etdi.
Musodara qilingan giyohvand moddalar hajmi 1 ming 864,4 kilogrammga teng boʻldi. Bu koʻrsatgich 2020-yilga nisbatan 20,9 foizga koʻpdir».
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring